Toshkent shahrida 26 iyun – Narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash xalqaro kuniga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbir 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi va “Narkotiklardan holi dunyo” xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish aksiyasi doirasida tashkillashtirildi.
Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori O.Narzullayev, O‘zbekiston Respublikasining ShHT bo‘yicha milliy koordinatori R.Nurimbetov, BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili A.Mittal, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish vakolatiga ega ShHTga a’zo davlatlar vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.